11:51 / 14.10.2016
13 849

Tibbiyot xodimlari maoshiga noyabrdan boshlab ustama qo‘shiladi

Tibbiyot xodimlari maoshiga noyabrdan boshlab ustama qo‘shiladi

Noyabr oyidan boshlab sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi ayrim xodimlarning tarif stavkalariga maxsus oylik ustama to‘lov tizimi joriy etiladi, deb xabar beradi Diydoraziz.

Xo‘jalik bekalarining maoshlariga eng kam oylik ish haqining 25%i miqdorida ustama qo‘shiladi.
O‘ttiz foizlik ustamalar ularda ishlash ichki ishlar organlari tomonidan qo‘riqlanadigan intensiv kuzatuvdagi ruhiy kasalliklar shifoxonalariga tenglashtirilgan muassasalarning bosh vrachi, bosh vrach o‘rinbosari va oliy ma’lumotli mutaxassislarga beriladi.

Ichki ishlar organlari tomonidan qo‘riqlanadigan intensiv kuzatuvdagi ruhiy kasalliklar shifoxonalari xodimlariga eng kam oylik ish haqining 15%i miqdorida ustama to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiy-sanitariya birlashmasi xodimlariga turli miqdorda ustamalar to‘lanadi. Muassasalarning rahbari, rahbar o‘rinbosari va oliy ma’lumotli mutaxassislari (Tibbiy-sanitariya birlashmasi apparatida shtatda turuvchi xodimlardan tashqari) 15 foizlik ustamaga ega bo‘lishadi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiy-sanitariya birlashmasi muassasalarining qolgan xodimlariga 10 foizlik ustamalar beriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiyot xodimlari maoshiga noyabrdan boshlab ustama qo‘shiladi