Toshkent shahrida benzin tanqisligi kuzatilmoqda. Buni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilayotgan fotosuratlar va haydovchilar tomonidan qoldirilayotgan izohlar orqali ham bilish mumkin. Ilk muammo qaysi yoqilg‘i quyish shahobchasidan benzin olish mumkinligi bo‘lsa, yana bir tarafdan qiyinchilik bilan topilgan shahobchadagi navbat muammosi...
13 oktyabr kuni Facebook tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Yunusobod tumanidagi AYoQShlardan umuman benzin topa olmaganini ma’lum qilgan. Yana bir haydovchining “Parkent” bozori tarafdagi shahobchada yoqilg‘i borligi haqidagi xabaridan so‘ng, o‘sha erga borgan avtomobil egalari u erdan ham benzin xarid qilishga ulgurishmaganini ma’lum qilishgan. TTZ hududidagi shahobchada esa haydovchilar soatlab navbat kutishayotganini bildirishgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma’lum qilishlaricha, ayrim hududlarda, xususan Toshkentnig Samarqand darvoza supermarketi ro‘parasida mahalliy aholi vakillari tomonidan yoqilg‘ini plastik idishlarga solib, AYoQShlarda belgilangandan yuqori narxda sotilyapti.
Avvalroq, “O‘zneftmahsulot” aksionerlik kompaniyasi yoqilg‘i quyish shahobchalariga benzin belgilangan hajmda etkazib berilayotganligini ma’lum qilgandi. Shunga qaramay ayrim AYoQShlar soat 18:00dan keyin faoliyatini to‘xtatyapti. Benzin sotib olish mumkin bo‘lgan AYoQShlarda esa juda katta tirbandlik yuzaga kelyapti.
Mutaxassislar ba’zi bir haydovchilarning me’yoridan ortiq hajmda benzin sotib olishlari bois tanqislik kuzatilayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Shu sabab ko‘plab shahobchalarda kech bo‘lmasdan benzin tugayapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi