9 507
Endi ajrashgan er-xotinlarning ism-familiyasi televidenie va gazeta orqali e’lon qilinadi
Toshkent shahar hokimiyati tomonidan oilaviy ajrimlar masalasiga bag‘ishlangan katta yig‘ilish o‘tkazilgani, unda Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jaev, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qurbonov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Habibullo To‘raxo‘jaev, Toshkent shahar prokurori Botir Qudratxo‘jaev, qolaversa, Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va ularning maslahatchilari ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur yig‘ilish so‘nggida Toshkent shahar hokimi yangi qaror ustida ish boshlab yuborilgani, unga ko‘ra, Toshkent shahrida ajrashgan har bir oila haqida ma’lumotlar – oila vakillarining ism-familiyasi bundan buyon “Toshkent” telekanali va “Toshkent oqshomi” gezetasida berib borilishi haqida ma’lum qildi. Shahar hokimi bu ishga jiddiy kirishar ekan, ajrashayotgan oilalar haqidagi ma’lumotlarning televidenie orqali tarqatilishi, ajrimlarning kamayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etdi.
“Ajrashayotgan er-xotinlarning ism-familiyalarini hozircha har 15 kunda soat 23:00da efirga uzatiladigan dasturda, o‘zgarish bo‘lmasa, soat 21:00da e’lon qilamiz. Agar yaqqol natija sezilmasa, ajrashayotgan oila a’zolarining suratini efirga uzatamiz. Bu bilan biz hech kimning haq-huquqlarini toptamaymiz, aksincha, ochiq ma’lumotlarni ommaga taqdim etamiz”, deydi Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov.
Hokimning ma’lum qilishicha, oilaviy ajrimlarga sababchi bo‘layotganlar, xususan, qaynota-qaynonalar, kelinlarni ommaviy muhokamaga olib chiqib, ular ishtirokida teleko‘rsatuvlar tayyorlanadi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi