18:54 / 21.10.2016
8 996

Shavkat Mirziyoyev viloyatlarda toza ichimlik suvi muammosini hal qilmoqchi

Shavkat Mirziyoyev viloyatlarda toza ichimlik suvi muammosini hal qilmoqchi

Kelgusi 5 yil davomida mamlakatimiz bo‘ylab qariyb 9 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlari, 1400ta quduq va 3600ta suv inshooti quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP VIII s’ezdidagi nutqi davomida ma’lum qilgan.

Yangi suv inshootlari qurilishi va eskilarining ta’mirlanishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlarida yashovchi 3 milliondan ziyod aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Bu orqali aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ko‘rsatkichi 67 foizdan 84 foizga ko‘tariladi. Bu ishlarni hal qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Toza suv” maxsus jamg‘armasi tashkil etilishi belgilandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev viloyatlarda toza ichimlik suvi muammosini hal qilmoqchi