00:00 / 27.10.2016
30 323

“Kim qizimga uylansa, “Kaptiva” qo‘shib beraman”

“Kim qizimga uylansa, “Kaptiva” qo‘shib beraman”

Telegram guruxlaridagi «aylanayotgan» bu xabardan baxs avjiga olib mavzu doirasida ajib voqealar bayoni keti uzilmayapti. Ular orasida eng xayratlanarlisi, bo‘lgan voqeaning shoxidi bildirgani: qaysidir bir viloyatda «Grin karta» yutib olgan yigitni uyiga bir qizni onasi kelib «Qizimga uylansang 20.000 dollar beraman» degan. «Oila qurish xam xisob-kitob» orqali bo‘lmoqda» deya kuyunib yozgan bir ayol voqeasi esa quyidagicha: Bir tanish ayol menga «Qizimga er kerak, yoniga qo‘shib kaptiva mashinasiniyam beraman» deb bo‘lishibdi. Yaxshi qiz bo‘lsa allaqachon er olgan bo‘lardi va ota-onasini kuni pul yoki mashina qo‘shib beraman deb yurmasdi deya guruxdagilar fikr bildirishgan.

Xorijda yashayotgan vatandoshlar orasida oila qurish albatta qiyin kechadi va o‘z millati bilan oila qurish uchun yuqorida birinchi keltirilgan xabardek izlanish balki mantiqqa unchalik zid emasdir xam. Biroq shundoq xam xisob-kitoblik munosabatlar va xususan «alfons»lar avj olayotgan pallada oila qurishdek muqaddas tushunalarga manfaat qorishtirib yuborish natijasi nima bilan tugarkin?

«Nomim oqlandi, to‘y ko‘rdim, xomiladorman, tamom ajrashsam xam bo‘laveradi» tushunchasida yashayotgan qanchadan qancha erkatoy qizlarni ko‘ryapmiz. Ota-onasiga xam shu qulay, nomi oqlandi, xomilador yo farzandlik bo‘ldimi tamom er kerakmas. Baxtchi? To‘kis baxti bormi shularning? Farzandiga nim atarbiya bu? Kelgusi zurriyodlari xam shu tushunchada rivojlanib shu tariqa umr ko‘rsa, bora -bora undaylar ko‘payaversa… Ajralayotgan ko‘p oilalarga er kerakmasdek bo‘lmoqda. Bir tarafdan o‘z erkaklik nafsoniyati va g‘ururini pulga alishgan erkak kimga xam kerak? O‘sha foydalanib olgan oilaga xam kerakmas! Xulosa o‘zingizdan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kim qizimga uylansa, “Kaptiva” qo‘shib beraman”