17:01 / 30.10.2016
7 619

Turkiyada Gulenga aloqador 10 ming davlat xizmatchisi iste’foga chiqarildi

Turkiyada Gulenga aloqador 10 ming davlat xizmatchisi iste’foga chiqarildi

Turkiyada 10 mingdan ortiq davlat xizmatchisi muxolifat islom voizi Fathulloh Gulenning tashkilotiga aloqadorlikda ayblanib, iste’foga chiqarildi. Bu haqida "Kun.uz" xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qarorda 10 131 nafar davlat xodimining iste’fosi haqida so‘z yuritilgan: 32 nafar palament a’zosi, 183 nafar kassasiya sudi xodimi, 2 534 kishi - mamlakat adliya vazirligidan, 102 kishi - TIVdan, shuningdek yana 101 nafar kishi - Turk qurolli kuchlaridan.

Xuddi shu qaror asosida yana 15 OAVning yopilishi to‘g‘risida ma’lum qilingan. Dicle yangiliklar agentligi, ko‘plab gazetalar va jurnallar shular jumlasidandir, ular Kurdiston ishchilar partiyasi g‘oyalari targ‘ibotida ayblanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada Gulenga aloqador 10 ming davlat xizmatchisi iste’foga chiqarildi