23:57 / 17.11.2016
8 617

Maktab direktorining kirdikorlari fosh etildi

Maktab direktorining kirdikorlari fosh etildi

U muassasada ishlamagan yaqinlarining nomiga ham hujjat rasmiylashtirib, 7 mln. 237 ming so‘mni hiyla bilan qo‘lga kiritgan, deb yozadi Mulohaza.uz sayti.

Lavozim borki, o‘ziga yarasha mas’uliyati bo‘ladi. Ayniqsa, mansabdor shaxs bo‘lish oson emas. Jumladan, maktab direktori ko‘p sonli jamoaning boshlig‘i, ta’lim-tarbiya dargohining mutasaddisi sanalib, har bir hodisaga e’tiborli bo‘lishi, o‘zining va jamoa faoliyatini qonun talablari asosida tashkil qilishi lozim. Ammo “Huquq” gazetasining 39-sonida keltirilgan jinoyat tafsilotida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi umumta’lim maktablarining birida direktorlik qilgan Anvarbek Qurbanov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bunday majburiyatlarni nazar-pisand qilmadi. U 2009 yildan 2015 yil 3 sentyabrga qadar ayni shu muassasada boshqaruv lavozimida ishlagan.

Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, u ikki marotaba maktabga tegishli temir quvurlarni sotib yuborgan. Sotuvdan tushgan 1 mln. 500 ming so‘m pulni esa cho‘ntagiga joylagan. Shuningdek, maktabda mavjud bo‘lgan 15 turdagi jami 5 mln. 746 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni ish-chilarga berib yuboradi.

Bu orada turmush o‘rtog‘i, singlisi hamda o‘g‘lini maktabda ishlamagani holda qorovul, o‘t yoquvchi lavozimlariga rasmiylashtirib qo‘yadi. Ularning nomiga ish haqi hisoblaydi. To‘lovvedomostlariga o‘zi imzo chekib boraveradi. Yil-lar davomida ushbu hiylasi evaziga qo‘lga kiritgan mablag‘i 7 mln. 237 ming so‘mni tashkil qildi.

Albatta, A.Qurbanov bu kabi talon-torojliklarni bir o‘zi amalga oshirmagan. Unga xo‘jalik ishlari mudiri R.Xo‘jaev ko‘maklashgan ekan. Ularning har ikkisi qilmishlari uchun qonun oldida javob berishlariga to‘g‘ri keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab direktorining kirdikorlari fosh etildi