23:58 / 17.11.2016
9 597

Narimon Umarovning soxta sahifalari paydo bo‘ldi

Narimon Umarovning soxta sahifalari paydo bo‘ldi

4 dekabr sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan, barcha nomzodlar o‘zlarining saylovoldi tashviqotini olib borishmoqda.
Jumladan, internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda ham nomzodlarning rasmiy sahifa va akkauntlari mavjud bo‘lib, unda nomzodlar global tarmoq orqali saylovchilar orasiga chuqurroq kirib borishga harakat qilmoqda, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.

Lekin, yurtimizdagi mazkur jarayonni g‘arazli niyatlarda kuzatib turgan ba’zi insonlar ushbu nomzodlarning ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlarini ochib, go‘yo nomzodlar nomidan turli nomaqbul fikrlar, nojo‘ya ma’lumotlarni tarqatishmoqda. Bu o‘z navbatida, nomzodlarning haqiqiy akkaunt va sahifalari qaysi biri ekanligi borasida foydalanuvchilarda shubha va adashmovchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi «Adolat» SDP matbuot xizmati.

Bu kabi tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, partiya o‘z nomzodining rasmiy sahifasini e’lon qildi:

Umarov Narimon Majitovichning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi: https://www.facebook.com/n.m.umarov/

Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi: https://twitter.com/umarov_nariman

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Narimon Umarovning soxta sahifalari paydo bo‘ldi