15:51 / 21.11.2016
12 579

4 oylik mushukcha egasini zaharli ilon hujumidan qutqarib qoldi

4 oylik mushukcha egasini zaharli ilon hujumidan qutqarib qoldi

Avstraliyaning Pert shahrida 4 oylik mushukcha egasini zaharli ilon hujumidan qutqarib qoldi. Bu voqea haqida WAtoday nashri bergan xabarga asoslanib "Mulohaza" nashri ma’lum qilmoqda. Mushuk sohibi Ivan Maknamaraning aytishicha u mushugining burchakdan ko‘z uzmayotganligidan hayron bo‘lgan va burchakka qarab botinka ichidagi zaharli ilonga ko‘zi tushgan.

Chaqirilmagan mehmon darrov shkaf tagiga qarab o‘rmalab qolgan. Biroq Maknamara uni boshqa botinkasi bilan bosib turgan holda yordamga qallig‘ini chaqirgan. Ular birgalikda ilonni plastik idishga qamashgan va tashqariga qo‘yib yuborishgan.

Avstraliyada bunday yo‘lbars terili ilonlar ko‘p uchraydi. Ular chaqqanda odam ko‘pincha halok bo‘ladi. Ushbu ilonlarning uzunligi 2 metrgacha etadi.

O‘tgan yili 8 noyabrda bunday ilonlardan birining tishlashidan AQShlik fuqaro naq o‘lishiga oz qolgan. U ilonni o‘ldirib uzilgan boshni ushlab tashqariga olib chiqayotganida chalajon ilon boshi uning qo‘lini tishlab olgan. Biroq uning omadi kelib tirik qolgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 4 oylik mushukcha egasini zaharli ilon hujumidan qutqarib qoldi