7 072
Beeline’ning tvitterdagi sahifasi Navro‘zga bag‘ishlangan yirik xeshteg-aksiyada ishtirok etadi
2015 yil 17 mart kuni Beeline aloqa operatorining rasmiy tvitter-sahifasi yirik bahoriy aksiyada ishtirok etishi haqida xabar berdi. Aksiyaning maqsadi – #NavrUZ xeshtegini jahon trendiga chiqarish hisoblanadi.
“O‘tgan yili #IrmatovBest xeshtegini jahon trendiga chiqarishga yordam bergan yirik aksiyani ham Beeline qo‘llab-quvvatlagan edi. Navbatdagi aksiya go‘zal Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu voqeaning bir qismi bo‘lishdan mamnunmiz. Mazkur aksiyada ushbu g‘oyani qo‘llab- quvvatlashni istagan har bir inson o‘z akkauntidan #NavrUZ xeshtegi bilan xabar qoldirib ishtirok etishi mumkin. Bizning sahifamizda 23 mingdan ziyod follover mavjud va ular ushbu qiziqarli tashabbusda ishtirok etishadi deb umid qilamiz”, deya voqeani sharhlaydi Unitel’ning matbuot-kotibi Rezida Erdman.
#NavrUZ xeshtegi bilan yozilgan xabarni hozirdan jo‘natish mumkin. Masalan: “#NavrUZ mening sevimli bayramim”. Asosiy natijaga erishish uchun Toshkent vaqti bilan 20 mart kuni, soat 16:00 da xabarlarning asosiy qismini jo‘natish lozim bo‘ladi.
Batafsil ma’lumot – https://www.twitter.com/beeline_uz sahifasida.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi