21:01 / 27.11.2016
6 920

Maradona Fidel Kastroni “ikkinchi otam” deb atadi

Maradona Fidel Kastroni “ikkinchi otam” deb atadi

Argentinalik mashhur futbolchi Diego Maradona Fidel Kastroni “ikkinchi otam”, deb atadi, deb xabar qilmoqda Protoday nashri.

“Menga Buenos-Ayresdan qo‘ng‘iroq qilishdi, men shok holatiga tushdim. Bugun hayotimdagi eng yomon kun, menga eng buyuk insonning vafoti haqida xabar qilishdi. Men dahshatli ovozda qichqirib yubordim, negaki u kishi mening ikkinchi otamday bo‘lib qolgan edilar”, — deb aytgan ayni vaqtda Xorvatiyada bo‘lgan Maradona.

“Menga ko‘plab himmat ko‘rsatgan Raul Kastro, uning farzandlari va Kuba xalqi bilan birga bo‘lmoqchiman va do‘stim Fidel bilan vidolashmoqchiman. Mening hayotim uchun unga chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman”, — deb aytgan Maradona.

Futbolchining so‘zlariga qaraganda, Kastro oxir-oqibat unga giyohvandlik balosidan qutulishda yordam bergan.

“U men bilan giyohvand moddalar, tiklanish va men buni uddalay olishi haqida juda ko‘p gaplashgan”, — deya ta’kidlab o‘tgan futbolchi. Futbolchi bir necha yil Kubada istiqomat qilgan va u erda giyohvand moddalarga tobelikdan davolangan.

Maradonaning tanasidagi tatuirovkalardan birida Fidel Kastro aks etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maradona Fidel Kastroni “ikkinchi otam” deb atadi