8 320
Davlat bojxona qo‘mitasi “Bojxona kalkulyatori” interaktiv elektron xizmatini taqdim qildi
O‘zbekiston Respublikasiga chetdan olib kiriladigan tovarlarga hisoblanadigan bojxona to‘lovlarining miqdori har bir tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisini qiziqtirishi tabiiy.
Shu sababli, tadbirkorlarga qulaylik tug‘dirish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasi “Bojxona kalkulyatori” interaktiv elektron xizmatini taqdim qiladi.
Mazkur xizmatdan foydalanish orqali chetdan olib kelinishi mo‘ljallanayotgan tovarlar bo‘yicha to‘lanadigan bojxona to‘lovlarini oldindan hisoblab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Buning uchun mazkur axborot tizimiga tovarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidagi (TIF TN) kodini, tovar ishlab chiqarilgan, jo‘natilayotgan hamda uni sotayotgan davlatlarni belgilash, tovar miqdori va bojxona qiymati haqida ma’lumotlarni kiritish kifoya.
Tovarning bojxona qiymatini belgilashda Davlat bojxona qo‘mitasi veb-saytining “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limiga joylashtirilgan Narx ma’lumotlari byulletenidan ham foydalanish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi