01:23 / 08.12.2016
8 453

Erkin Vohidov haykali o‘rnatiladi

Erkin Vohidov haykali o‘rnatiladi

Dekabr oxirida shu yilning may oyida vafot etgan O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi keng [leech=https://]nishonlanadi[/leech]. Bu haqdagi qaror 7 dekabr kuni Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Hujjatda qayd etilishicha, o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo‘shgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosi yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatga ega.

Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida uning o‘zbek tilidagi «Saylanma» asarlari, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan she’riy to‘plamlari chop etiladi. Bundan tashqari, shoir haykali o‘rnatilib, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film tayyorlanadi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Erkin Vohidov ijodining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati» mavzusida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etiladi.

Respublika teatrlarida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov asarlari asosidagi spektakllar qayta sahnalashtiriladi.

Dekabrning oxirgi o‘n kunligida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida shoir tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erkin Vohidov haykali o‘rnatiladi