12:58 / 08.12.2016
7 488

Shavkat Mirziyoyev qonunlar ijrosi nazorat qilinmaganini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev qonunlar ijrosi nazorat qilinmaganini tanqid qildi

Xabaringiz bor, shu yil 25 sentyabrda Bosh vazirning Virtual qabulxonasi ish boshlagan edi. Shu kungacha bu qabulxonaga 218 mingdan ortiq shikoyatlar, takliflar, arizalar kelib tushgan. Ularning 59 foizi hal etilgan bo‘lsa, yana 41 foizi ko‘rib chiqilmoqda.

Qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar orqali hayotimizdagi ko‘plab muammolar oshkor etildi. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qillinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi chiqishi vaqtida ta’kidlab o‘tdi.

Xalqimiz tomonidan yo‘llangan murojaatlar va talablar qonuniy va adolatli ekanligini e’tirof etgan Shavkat Mirziyoyev bu borada qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi nazorat qilinmaganligini tanqid qildi.

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, xalq bilan muloqot va inson manfaatlari tushunchalarini aslo bir-biridan ajratib bo‘lmasligini ta’kidlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib kelayotgan 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev qonunlar ijrosi nazorat qilinmaganini tanqid qildi