Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb yozadi O‘zA.
Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Barak Obamaning tabrigida shunday deyiladi:
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram janob Prezident!
Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan muborakbod etaman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari mamlakatingiz mustaqillikka erishgach, ya’ni 25 yil avval boshlangan. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga doir siyosatimiz bugun ham davom etmoqda.
Sizning Prezident etib saylanishingiz O‘zbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi. Sizning mintaqada hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro munosabatlarda muvozanatni saqlashga qaratayotgan alohida e’tiboringizni qo‘llab-quvvatlayman. Shuningdek, Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida muhim sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyot va qonun ustuvorligi sohalarida Siz boshlagan ishlarni katta mamnuniyat bilan qayd etaman.
Hukumatingiz bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz hamda ushbu aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solamiz. O‘zaro umumiy manfaatlarimizni hisobga olib, mamlakatlarimiz farovonligi yo‘lida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, degan umiddaman.
Samimiyat bilan,
Barak Obama,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda