AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi kelgan xulosaga ko‘ra, Rossiya 2016 yilgi AQSh prezidentlik sayloviga aralashgan ko‘rinadi. Moskva Donald Trampning g‘alabasini ta’minlash uchun shunday yo‘l tutgan, deb yozmoqda The Washington Post nashri o‘z manbalariga asoslangan holda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, maxfiy xizmatlar go‘yoki RF hukumati bilan bog‘liq bo‘lgan va WikiLeaks saytiga Demokratik partiya serveridan o‘g‘irlangan minglab maktublarni topshirgan xakerlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan. Xakerlar, shuningdek, Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podestaning maktublarini ham o‘g‘irlashgan edi. Nashr manbalarining aytishlaricha, aniqlangan shaxslar MRBga avvaldan ma’lum bo‘lib, "Rossiyaning Trampni ilgari surish va Klintonga zarar etkazish amaliyotining bir qismi hisoblanadi".
"Razvedka boshqarmasi kelgan xulosaga binoan, Rossiyaning maqsadi nomzodlardan biri, Trampning g‘alaba qozonishiga yordam berishdan iborat bo‘lgan. Bu umumiy qarashdir", — deb yozgan nashr yuqori lavozimli Amerika mulozimiga tayangan holda.
AQShdagi turli OAVning FQBdagi manbalari Demokratik partiya serverlarini "rus" xakerlari buzganiga bir necha marotaba shama qilishgan edi. OAVlarida esa, Rossiya AQShdagi saylov natijasiga ta’sir ko‘rsatishni xohlayotganiga oid taxminlar ilgari surilgandi.
Shu bilan birga, rasmiy shaxslar, shu jumladan prezident Barak Obama ham bu xususda yakuniy xulosa chiqarilmaganini bildirgan. Rasman FQB tergov jarayoni borishini oshkor qilgani yo‘q. AQSh hukumati esa, Rossiyaning xakerlik hujumlariga aloqasini isbotlovchi dalillarni taqdim etmayapti.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, o‘z navbatida, xakerlik hujumlarida Rossiyaning ayblanishiga javoban, oshkor qilinayotgan ma’lumotlarda Rossiya manfatlariga javob beradigan hech narsa yo‘qligini ta’kidlagan hamda o‘sha axborotlar mazmunidan saylovchilar e’tiborini chalg‘itish uchun shunday qilinayotganini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi