13:52 / 12.12.2016
6 554

Dunyoning eng badavlat kishilari sof energetikaga 1 milliard dollar investisiya kiritishadi

Dunyoning eng badavlat kishilari sof energetikaga 1 milliard dollar investisiya kiritishadi

Bill Geyts ekologik sof energiya innovasiyasiga investisiya kiritib, iqlim o‘zgarishi bilan kurashuvchi fondni boshqarib keladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Microsoft hammuassisi va uning investor hamkasblari ertaga Breakthrough Energy Ventures fondi ochilishi haqida e’lon qilishmoqchi. BEV chiqindilarni kamaytirishga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalarga investisiya kiritadi.

BEV rahbariyati tarkibiga shuningdek Alibaba asoschisi Jek Ma, Reliance Industries raisi Mukesh Ambani, venchur kapitalistlar Jon Dorr va Vinod Xosla, SAP hammuassisi Xasso Platner va sobiq energiya xej-fondi menejeri Jon Arnold kiradi. Bloomberg va Forbes baholariga ko‘ra, rahbarlarning birgalikdagi sof mablag‘i 170 milliard dollar atrofida.

O‘tgan yili Geyts sof energiya texnologiyasiga qo‘shimcha 1 milliard dollar investisiya qilish rejasi haqida ma’lum qilgandi. Yangi fond bu sohani rivojlantirish sari qo‘yilgan keyingi, dadil qadam bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyoning eng badavlat kishilari sof energetikaga 1 milliard dollar investisiya kiritishadi