12:29 / 14.12.2016
17 952

Mixail Gorbachyov SSSRni qayta tuzmoqchi

Mixail Gorbachyov SSSRni qayta tuzmoqchi

SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyov Sovet Ittifoqini qayta tiklash uchun imkoniyat hali mavjudligini ma’lum qildi. Bu haqida Russian Today telekanali xabar bermoqda.

Sovet davlatining sobiq rahbari SSSR tugatilishi haqidagi Beloveja bitimi imzolanganining 25 yilligi munosabati bilan TASS agentligiga intervyu bergan. Uning fikricha, ittifoqni eski chegaralar doirasida qayta tiklash mumkin. Buning uchun sobiq ittifoq respublikalari o‘z xohishlari bilan ittifoqqa birlashishlari lozim. Yangi ittifoq aynan SSSR bo‘lmaydi, ammo yangicha, o‘zgacha ittifoq bo‘ladi.

SSSRning qulashi haqida gapirar ekan, Gorbachyov nima uchun kurashsiz taslim bo‘lganini ham ma’lum qildi. Unga ko‘ra, sovet davlati prezidenti SSSRda fuqarolar urushi boshlanib ketmasligi uchun shunday qilgan. “SSSRni saqlab qolish uchun kurashishim mumkin edi. Bunga ishonchim komil. Ammo bu ishdan fuqarolar urushining isi kelib turgandi. Men boshqacha yo‘l tanladim – qon to‘kilishining oldini olish uchun hokimiyatdan voz kechdim”, – deydi Mixail Gorbachyov.

SSSRni saqlab qolish uchun oxirigacha kurashganini ta’kidlar ekan, o‘z mag‘lubiyati uchun Rossiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Boris Elsinning ochko‘zligini aybdor qilib ko‘rsatgan.

Gorbachyovning so‘zlariga munosabat bildirar ekan, Rossiya kommmunistik partiyasi a’zosi Valeriy Rashkin sovet davlati qulashida uning o‘zini ayblagan. “Uning birorta so‘ziga ishonmayman. Gorbachyovning ixtiyorida ittifoqni saqlab qolish uchun kerakli hamma narsa: armiya, KGB hamda polisiya boe edi”, – deb aytgan Rossiya davlat dumasi deputati.

1991 yilning 8 dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belorusiya rahbarlari sovet davlatini tugatish bo‘yicha Beloveja bitimini imzolashgan edi. Aslida 1991 yilning avgustidagi GKChP fitnasidan keyinoq ittifoq amalda parchalanib ketgan, Beloveja bitimi shu parchalanishni rasman tasdiqlagan, xolos.

Rossiyada so‘nggi yillarda Sovet Ittifoqini qayta tiklash uchun harakatlar ko‘zga tashlanmoqda. Joriy yilning noyabr oyi oxirida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda Rossiya aholisining 51 foizi SSSRni qayta tiklashni yoqlashini ma’lum qilgan.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mixail Gorbachyov SSSRni qayta tuzmoqchi