“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida bayramoldi savdo yarmarkalari tashkil etildi. Yangi yil dasturxoni uchun xarid qilinadigan barcha mahsulotlar naqd pul hamda plastik kartochkalar orqali sotilmoqda. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.
Uyushma tizimidagi savdo-tayyorlov korxonalari mamlakatimizning barcha hududlarida 80 dan ortiq, jumladan, Toshkent shahridagi Aviasozlar, Navro‘z, Farhod, Oloy va Sirg‘ali dehqon bozorlarida bayramoldi yarmarkasini tashkil etdi.
“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi vakili bergan ma’lumotlarga qaraganda, keyingi o‘n kun oralig‘ida poytaxt Toshkentdagi yirik bozorlarda uch ming tonna atrofida kartoshka, qariyb 100 tonna guruch, 370 tonnadan ortiq piyoz sotilgan. Shuningdek, 550 million so‘mlikdan ziyod meva-sabzavot, tovuq go‘shti, sut, go‘sht va meva-sabzavot konservalari, qandolat mahsulotlari, yormalar, baliq va baliq konservalari arzon narxlarda etkazib berilyapti.
“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasidan ma’lum qilishlaricha, qish-bahor oylarida ichki iste’mol bozoriga bosqichma-bosqich etkazib berish maqsadida O‘zbekistonda 660 ming tonnadan ziyod asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxiraga jamg‘arilgan. Jumladan, uyushma tizimidagi savdo-tayyorlov korxonalari omborlariga 100 ming tonnadan ziyod mahsulot g‘amlangan. Qariyb 27 ming tonna kartoshka, 16 ming tonna piyoz, 12 ming 600 tonna sabzi, salkam 11 ming tonna meva, 5 ming tonnadan ziyod poliz, 22 ming tonnadan ortiq guruch va dukkakli mahsulotlar shular sirasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahar dehqon bozorlarini tartibga solish, sanitariya holatini yaxshilash, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxini barqaror saqlashni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etilgan ushbu yarmarkalar 5 yanvarga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi