Olmaotada o‘g‘ri o‘zi o‘g‘irlagan iPhone’ni uning egasidan muloyim xabar olgandan keyin unga qaytarib bergan. Jabrdiyda shahardagi bir nechta restoranlar direktori, taniqli tadbirkor Kuanish Sho‘nbay bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
"Men do‘stlarim bilan kompyuter klubida o‘ynab o‘tirib, o‘yinga chalg‘ib ketdim. Telefonim divanda mening o‘ng tomonimda yotgandi. Ko‘rinishicha, o‘g‘ri bundan foydalanib telefonimni o‘g‘irlab ketgan. Telefon o‘g‘irlab ketilganini bilishim bilan kuzatuv kamerasidagi videoni ko‘rib chiqdim. So‘ngra " iPhone’ni topish" funksiyasida "Hurmatli o‘g‘ri, menda sen qayd qilingan video bor. Iltimos menga telefonimni qaytib ber. Uni mening istalgan restoranimdan birida qoldirib ketishing mumkin", deb yozdim. So‘ngra o‘g‘irlik haqida polisiyaga ariza berdim", deb voqeani so‘zlab berdi tadbirkor.
Ertasiga restoratorga o‘g‘rining qarindoshlari chiqib, voqea uchun undan uzr so‘rashgan. Ular telefonni egasiga qaytarib berishgan. "Endi arizamni qaytib olmoqchiman, men uni kechirdim", deb aytgan Sho‘nbay.
Apple qurilmalarida uni izlovchi funksiya mavjud. O‘g‘irlangan iPhone’ni xarita orqali topish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
AQSH Ukrainadagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng noqulay haqiqatni tan olishi kerak
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”