Rossiyada faoliyat yuritadigan bir guruh xakerlar Methbot nomli murakkab firibgarlik tizimini ishlab chiqdi. Mazkur tizim orqali bir kunda $5 milliongacha daromad olish imkonini beradi. Bunday ma’lumotlarni kiberkenglikda jinoyatchilarga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan Amerikaning White Ops kompaniyasi e’lon qildi, deb yozmoqda Darakchi nashri.
White Ops tomonidan chop etilgan hisobotda yuqorida tilga olingan xakerlar 250 mingga yaqin yolg‘on internet saytlar yaratgan. Bundan tashqari ular 570 mingta bot-dasturlarning operatorlari sanaladi.
White Ops mutaxassislarining ta’kidlashicha, xakerlar o‘zlari tomonidan yaratilgan sayt va botlar orqali internetda reklama bilan shug‘ullanadigan yirik kompaniyalarni aldashadi. Methbot yordamida firibgarlar reklama roliklarini ko‘rishga millionlab odamlarni jalb qila olish kabi aldamchi tasavvur yaratadi, buning uchun esa ular buyurtmachilardan katta summa oladi.
White Ops ekspertlarining ta’kidlashlaricha, xakerlar tomonidan yaratilgan bot-dasturlar murakkabligi bilan ajralib turadi, ularni oddiy yo‘l bilan aniqlash qiyin.
Mazkur aldamchi tizim joriy yilning sentyabr oyida faoliyatini boshladi va shu kungacha faoliyat yuritib, kuniga $3 mln dan $5 mln daromad olib keladi. Guruh doimiy ravishda faolligini oshirib bormoqda. Reklama roligini ming marta ko‘rilishi uchun $13 tashkil qiladi.
White Ops baholashicha, joriy yilda firibgarlarning reklama sohasidagi faoliyati orqali etkazilgan zarar summasi $7 mlrd tashkil qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi