11:18 / 23.12.2016
6 368

Toshkent hokimi Olmaotaga tashrif buyurdi

Toshkent hokimi Olmaotaga tashrif buyurdi

Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov Olmaotaga (Qozog‘iston) tashrifi doirasida shahar hokimi Baurjan Baybekov bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashni muhokama qildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida joriy yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston va Olmaota o‘rtasidagi mahsulot ayriboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 62 foizga o‘sib, 200 mln AQSh dollarini tashkil etgani ta’kidlandi. Olmaotada 129 ta hamkorlikdagi va 236 ta o‘zbek korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

«Olmaota — biznes va xususiy kapital shahri, bu erda 90 foiz banklarning bosh idoralari joylashgan. Xizmat ko‘rsatish va savdo YaIMning 86 foizini tashkil etadi, joriy yilda kichik va o‘rta biznesni kreditlash hajmi 36 foizga o‘sdi. Investorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks choralar qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga, sayyohlik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda, bu borada bizga Toshkent va butun O‘zbekistonning tajribasi qiziq», — dedi Baurjan Baybek.

Rahmonbek Usmonov Olmaotada imtiyozli turar-joylarni qurish sohasi jadallik bilan rivojlanayotganini ta’kidlab o‘tdi.

«Qozog‘istonda amalga oshirilayotgan „Arzon uy-joy-2020“ davlat dasturi o‘z samarasini ko‘rsatdi. Mazkur masala hozirda Toshkentda ham o‘ta dolzarb, albatta, ayrim mexanizmlarni o‘zimizda tadbiq etamiz», — dedi u.

Bir oy muqaddam Olmaota hokimi O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Ikrom Nazarov bilan uchrashuvda o‘zbek sportchilarini 28-Jahon qishgi Universiada-2017 ga taklif etgan edi. Bir necha kun muqaddam O‘zbekiston sportchilari o‘zlarining O‘yinlardagi ishtirokini tasdiqladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent hokimi Olmaotaga tashrif buyurdi