17:17 / 28.12.2016
8 868

Sakkiz nafar rahbar xodimlarni paxta yig‘imiga majburiy jalb qilgani uchun jazolandi

Sakkiz nafar rahbar xodimlarni paxta yig‘imiga majburiy jalb qilgani uchun jazolandi

Joriy yilda paxta yig‘imi kampaniyasi (19 sentyabrdan 31 oktyabrgacha) yakunlari bo‘yicha xodimlar va 18 yoshga to‘lmagan bolalarni paxta yig‘im-terimiga majburiy jalb qilgani uchun 3 nafar umumta’lim maktabi, 2 nafar kasb-kolleji direktori, 2 nafar fermer xo‘jaligi raisi hamda 1 nafar shifoxona bosh shifokori ma’muriy javobgarlikka tortildi. Belgilangan jarimalarning umumiy miqdori 4,7 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Mehnat vazirligi axborot xizmatiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Mehnat vazirligiga kelib tushgan 30 murojaat bo‘yicha mehnat qonunchiligining buzilishi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, 10 murojaat bo‘yicha choralar ko‘rildi, 7 murojaat bo‘yicha aybdorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, 13 murojaat yuzasidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilmagani aniqlandi.

Vazirlikning tegishli bo‘linmalari bolalar va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatgan. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan ishlar natijasiga ko‘ra, 14 qonunbuzarlik aniqlandi. Ularning 5 tasi mehnatga o‘z vaqtida haq to‘lamaslik, 9 tasi yollash va mehnat uchun zarur sharoitlar yaratilmasligi bo‘yichadir. Mazkur dalillar yuzasidan 2 nafar shifoxona rahbari, 1 nafar kasb-hunar kolleji direktori, 1 fermer xo‘jaligi rahbari, 1 nafar mahalla raisi va 1 korxona direktoriga majburiy va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ko‘rsatma berildi.

Joriy yilda Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyasiga binoan O‘zbekistonda, ayniqsa qishloq xo‘jaligi ishlarida mustaqil jamoat tashkilotlari tomonidan majburiy va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha milliy monitoring o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sakkiz nafar rahbar xodimlarni paxta yig‘imiga majburiy jalb qilgani uchun jazolandi