26−27 dekabr kunlari Farg‘ona vodiysidagi Qamchiq dovonida Namangan va Toshkent viloyatlari Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat quyi tizimi (FVDQT)ga kiruvchi xizmatlar boshqaruv organlarining qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ularda qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish, vayronalar ostidan va yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomobillardan jabrlanganlarni chiqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz hududlarga evakuasiya qilish tadbirlari amalda sinab ko‘rildi.
Shu bilan bir qatorda, «Angren-Pop» yo‘nalishida harakatlanuvchi temir yo‘lida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish, avtoyo‘llarning alohida murakkab uchastkalarida jabrlangan aholi, haydovchi va yo‘lovchilarni issiq ovqat va isitish punktlari bilan ta’minlash borasida amaliy mashq tashkil etildi.
Aholi punktlarida yashovchilarni evakuasiya qilish, hodisa joyida ishlash bo‘yicha mahalla fuqaro yig‘inlari ko‘ngilli tuzilmalari harakati, isitish va ovqatlanish punktlarini tashkil etish, xavfli uchastkalarda ko‘chkilarni majburiy tushirish yuzasidan vazifalar ishlab chiqildi.
Foto
Manba: Gazeta.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi