Bugungi kunda internetda bolalarning suratlarini joylash odat tusiga kirmoqda. Ba’zilar hatto hali dunyoga kelmagan farzandining UTT suratlarini ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylaydi. Biroq Sidney universiteti psixologi Joan Orlandoning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning suratlarini internetga joylashtirish muayyan darajada xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda ABC News nashriga asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qildi.
Bugungi kun bolalari bunday suratlarga tushishga o‘rganib ham qolishgan. Statistikaga ko‘ra, G‘arbda 5 yoshgacha bo‘lgan har bir bolaning internetda o‘rtacha 200 surati bor.
Besh yilda mingta surat - juda ko‘p. Fotoarxiv raqamli shaxsni shakllantiradi - ota-ona "yulduzcha"ning imidj meykerlari vazifasini o‘taydi va ba’zan bolada yo‘q bo‘lgan fazilatlarni ko‘rsatishga harakat qiladi.
Ko‘pincha ota-ona uchun kulgili tuyulgan surat bolaning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, 12 yoshli bolaning sinfdoshlari ijtimoiy tarmoqda uning noqulay vaziyatdagi suratini ko‘rib qolsa, bu bolaning psixologiyasiga ziyon etkazishi mumkin.
Bundan tashqari, kichik paytidanoq ijtimoiy tarmoqlarda suratlari yuklangan bolalarda internetdagi "layk" va izohlarga tobe’lik paydo bo‘lishi hech gap emas. Kichik yoshli bolakaylarning suratlari o‘smirlarning suratlariga qaraganda ko‘proq foydalanuvchilarga yoqishi isbotlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?