21:22 / 05.01.2017
8 385

Kanadalik ayol tushda ko‘rgan sonlari bilan lotereyani yutdi

Kanadalik ayol tushda ko‘rgan sonlari bilan lotereyani yutdi

Kanadada yashovchi Olga Beno 27 yil davomida lotereyada bir xil sonlar kombinasiyasidan foydalanib, oxir-oqibat 2016 yil 28 dekabrda 5,3 mln kanad dollari (4 mln dollar) yutib oldi. Ayolning aytishicha, u yutuqli kombinasiyani uzoq 1989 yilda tushida ko‘rgan, deb yozadi Kun.uz sayti.

Benoning aytishicha, 1989 yil may oyida unga sonlar kombinasiyasi tush kirgan. U bu sonlarni noma’lum sabablarga ko‘ra lotereya chiptalarini to‘ldirish uchun ishlatishga qaror qilgan. O‘shandan beri ayol 27 yil davomida lotereya kvitansiyalari sotib olib, unga tushida ko‘rgan sonlarni takror-takror kiritib kelavergan.

Beno o‘zi uchun yutuqli o‘yin kunida televizor ko‘rib o‘tirib, ekranda paydo bo‘lgan, o‘ziga yod bo‘lib ketgan sonlarga e’tibor qaratmagan.

"Men sonlarni yoddan bilaman va menga o‘yindan keyin ularni ko‘rganimdek tuyuldi, biroq yaxshi ko‘rmasligim sababli, buni shunchaki esdan chiqarishga qaror qildim", deb aytdi ayol.

Biroq ayol keyingi kun singlisi bilan suhbat vaqtida gazetani ko‘zdan kechirayotib, o‘ziga "qadrdon" bo‘lib ketgan sonlarni ko‘rgan.

Ayolda taxminan 10 yil avval saraton topilgan. Ayol kasallikdan davolanish uchun o‘z uyini sotib, ijaraga uy olishiga to‘g‘ri kelgan. Ayolning aytishicha, u yutuqni yangi uy sotib olishga sarflaydi.

Ayolga mo‘maygina pul keltirgan yutuqli sonlar qanday bo‘lgani ma’lum qilinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kanadalik ayol tushda ko‘rgan sonlari bilan lotereyani yutdi