01:29 / 07.01.2017
12 951

Salim Abduvaliyev MOQ vise prezidenti lavozimiga saylandi

Salim Abduvaliev MOQ vise prezidenti lavozimiga saylandi

6 yanvar kuni Milliy olimpiya qo‘mitasining XXX Bosh Assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov olib bordi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimiga “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultonov saylandi.

Yig‘ilishda to‘rt yillik olimpiya siklida qilingan ishlar, erishilgan natijalar borasida qo‘mita bosh kotibi Oybek Kasimov hisobot berdi.

Bosh Assambleya yig‘ilishida Milliy olimpiya qo‘mitasining to‘rt yiliik sikldagi faoliyati qoniqarli deb bir ovozdan qabul qilindi.

Shuningdek qo‘mita vise prezidentlari sifatida Valeriy Tyan, Salim Abduvaliev, Farhod Turdiev va Umid Ahmadjonovlar saylanishdi. Oybek Kasimov esa Bosh kotib lavozimiga qayta saylandi va faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Salim Abduvaliyev MOQ vise prezidenti lavozimiga saylandi