Bugun Rossiya Davlat Dumasi yaqin qarindoshlarini kaltaklaganlar uchun jinoiy jazo belgilashni bekor qiladigan qonun qabul qildi.
Ushbu qonun qabul qilinishiga qarshi bo‘lganlar darhol davlat Dumasi binosi oldiga "Uradimi?— demak sevadi" (Bet — znachit lyubit!) kabi "qanotli iboralar" yozilgan plakatlar bilan miting o‘tkazishdi.
Albatta, ushbu qonun chiqqanidan keyin erkaklar xotin yoki bolalarini bemalol do‘pposlayverishi mumkin degani emas. Agar berilgan zarbalar natijasini jabrlanuvchi biroz bo‘lsada jiddiy jarohat olsa, bunday ish darrov jinoiy javobgarlik toifasiga o‘tadi.
Aslida, ushbu qonun qabul qilinishiga sabab, o‘tgan yili oila a’zolariga tushirilgan tarsakilar uchun javobgarlik darajasi kuchaytirilib, bunday kaltaklashni — jinoiy jazo toifasiga o‘tkazgan edi. Shu bilan bir vaqtda, agar fuqaro ko‘chada notanish odamga yengil zarba bergan hollarda unga ma’muriy jazo berilar edi. Bir xil qilmishga turli jazo berish — qonunchilikda va jamiyatda ko‘plab tushunmovchiliklar keltirib chiqardi.
Yangi qonun esa ushbu tushunmovchilikni bartaraf qilib, oila a’zolariga berilgan yengil tarsakilarni yana ma’muriy jazo toifasiga qaytardi.
Aytmoqchi, bolalarni jazolash uchun ham jinoiy javobgarlik berilishi mumkin bo‘lgan, oldingi qonunga bir necha jamoat tashkilotlari qarshi chiqishgan edi. Masalan, "Umumrossiya ota-onalar qarshiligi tashkiloti" fikriga ko‘ra — ushbu qonun bolalarni tarbiya qilishga xalal berishi va arzimagan ish uchun oilalar buzilishiga olib kelishini ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi