23:00 / 20.01.2017
6 638

O‘zbekistonlik avtomobil yukxonasida chegaradan o‘tishga urindi

O‘zbekistonlik avtomobil yukxonasida chegaradan o‘tishga urindi

O‘zbekistonlik Matmurotovga 2017 yil noyabr oyigacha Rossiyaga kirish taqiqlangan edi. Noyabr oyini kutishni istamagan Matmuratov avtomobilning yuklar uchun ajratilgan qismida manziliga etishga uringan.

Matmuratov astraxanlik A.Urazalieva bilan hamkorlikda chegarani avtomobil yukxonasida kesib o‘tish chog‘ida qo‘lga tushdi. Reja bo‘yicha u Qozog‘istongacha yo‘lovchi sifatida, astraxan chegarasida esa yukxonaga joylashib Rossiyaga kirib olishi ko‘zda tutilgan. Hamda u sherigiga yaxshigina pul mablag‘i va’da qilgan edi.

Matmuratovga nisbatan chegarani noqonuniy yo‘l bilan kesib o‘tgani uchun jinoiy ishi ochildi. Unga ko‘ra u 11 oy axloqni tuzatish koloniyasida saqlanadi. Shuningdek, unga 60 ming rubl miqdorida jarima solingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik avtomobil yukxonasida chegaradan o‘tishga urindi