11:15 / 22.01.2017
6 532

Melburnda avtomobilning piyodalarni bosib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishigacha oshdi

Melburnda avtomobilning piyodalarni bosib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishigacha oshdi

Avstraliyaning Melburn shahri markazida avtomobilning piyodalarni bosib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishigacha etdi. Bu haqda Avstraliya polisiyasi ma’lum qildi. Bu haqda "Reuters" axborot agentligiga asoslanib "Kun.uz" sayti yozmoqda.

Fojianing 5-qurboni uch oylik bola bo‘ldi, u voqeadan ikki kun o‘tib halok bo‘ldi. Yana 20 kishi jiddiy jarohatlangan.

Ta’kidlanishicha, 26 yoshli haydovchining piyodalarni bosib ketishi terrorchilik bilan bog‘lanmagan. Haydovchi ushlanishi vaqtida qo‘lidan yaralangan. Unga jarrohlik operasiyasi talab qilingan.

Bungacha voqea oqibatida 2 erkak, ayol va 10 yoshli qizcha halok bo‘lgandi. Polisiyada qurbonlar soni oshishi mumkinligi aytildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Melburnda avtomobilning piyodalarni bosib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishigacha oshdi