19:37 / 24.01.2017
8 020

Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar ham uy sotib olishi mumkin bo‘ladi

Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar ham uy sotib olishi mumkin bo‘ladi

23-27 yanvar kunlari "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan mediahaftalik bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 24 yanvar, ya’ni mediahaftaning ikkinchi kuni mavzusi Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi.

Shuni ta’kidlash joizki, bu kungi mavzu bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Unda davlat organlari vakillari 2017-2021 yilgi Harakatlar strategiyasiga mazkur yo‘nalish bo‘yicha kiritiladigan bir qator loyihalar bilan tanishtirildi. Jumladan pasport tizimini soddalashtirish, xorijga chiqish pasportlarini joriy etish, aeroportlardagi tirbandliklarni bartaraf etish, u erda uzoq navbat kutishga to‘g‘ri kelmasligi uchun avtomatlashtirilgan kabinkalar joriy etish.

Bundan tashqari, ko‘pchilikni qiziqtiradigan yana bir masala - viloyatlardan tashrif buyurgan aholining Toshkent shahri va Toshkent viloyatida uy sotib olish va uni rasmiylashtirish borasida so‘z yuritildi, deb xabar beradi Kun.uz sayti.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, 2017-2021 yillardagi Harakatlar strategiyasiga kiritilgan loyihalardan biri ushbu masala bo‘yicha yengilliklar joriy etilganini ko‘zda tutadi, ya’ni boshqa viloyat aholisi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashamasa-da, bu erdan o‘z nomiga muayyan shartlar asosida uy olishi mumkin bo‘ladi, buning uchun fuqaro Toshkent shahri yoki viloyatida yangi qurilayotgan turar-joylardan birini xarid qilishi va davlatga boj to‘lashi lozim.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar ham uy sotib olishi mumkin bo‘ladi