16:13 / 22.05.2015
17 525

Beruniy tumanidagi namunali uylardan birining tomi kuchli shamolga dosh berolmadi

Beruniy tumanidagi namunali uylardan birining tomi kuchli shamolga dosh berolmadi

7-8 may kunlari Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi namunali uylardan birining tomi kuchli shamol ta’sirida uchib tushgan. Bu holat aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, deb yozadi Kun.uz.


Suratlarni joylashtirgan internet foydalanuvchisining ma’lum qilishicha, bu uy 2014 yilda qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgandi.



Qayd etish joizki, bu vaziyat namunali uylar bilan yuz berayotgan ilk e’tirozli holat emas. Biroz oldinroq, Surxondaryo viloyati hududida qurilgan namunali uylar joylashgan mahallada suv quvurlaridagi nosozlik tufayli suv toshish holatlaridan shikoyat qilingan va mahalla aholisi har bir yomg‘irni xavotir bilan kutayotgani qayd etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Beruniy tumanidagi namunali uylardan birining tomi kuchli shamolga dosh berolmadi