10:49 / 20.02.2015
7 184

O‘zbekistonlik taekvondochi Jasur Boyqo‘ziyev dunyo reytingida 1-o‘ringa chiqib oldi

O‘zbekistonlik taekvondochi Jasur Boyqo‘ziev dunyo reytingida 1-o‘ringa chiqib oldi

Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi etakchisi Jasur Boyqo‘ziev Rio Olimpiadasi yo‘lidagi dunyo reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, deb xabar bermoqda «Olamsport». Boyqo‘zievning 2016 yilgi Rio Olimpiadasiga borishi deyarli oydinlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Boyqo‘ziev o‘tgan hafta Antaliya shahrida o‘tkazilgan Turkiya Ochiq chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Ushbu musobaqada 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari ham o‘ynalgandi.

Boyqo‘ziev hal qiluvchi final bellashuvida britaniyalik Massop-Muhammad Lutaloni mag‘lubiyatga uchratgandi. Yarim finalda ozarbayjonlik Radik Isaevdan ustun kelgan bo‘lsa, chorak finalda italiyalik raqibi Karlo Molfetta taslim etilgan edi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik taekvondochi Jasur Boyqo‘ziyev dunyo reytingida 1-o‘ringa chiqib oldi