14:03 / 21.02.2015
5 338

Allegri: "Har o‘yinda 3:0 hisobida yutib bo‘lmaydi"

Allegri: "Har o‘yinda 3:0 hisobida yutib bo‘lmaydi"

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionatining 24-turida "Atalanta" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) fikrlarini bildirdi.

"O‘yin boshlanishi oddiy kechmadi. Raqib himoyada yaxshi o‘ynadi va bizning himoyamizdagi bo‘sh hududlardan yaxshi foydalana oldi. Natijada bir necha qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordik. Ammo biz chidadik va "Atalanta" darvozasi oldida vazyatlar yaratdik.

Har o‘yinda 3:0 hisobida yutib bo‘lmaydi. Bugun birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganimizga qaramay, g‘alaba qozondik.

Hozir yaxshi formadamiz, "Borussiya" esa kuchaymoqda. Bizni chempionlar ligasida ikkita qiziq uchrashuv kutib turibdi. To‘qnashuv natijasi oxirgi daqiqalarda hal qilinadi", - deydi Allegri.

Manba: www.std.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Allegri: "Har o‘yinda 3:0 hisobida yutib bo‘lmaydi"