22:29 / 23.02.2015
6 073

“Al-Nasr” sariq, “Bunyodkor” oq libosda o‘ynaydi

“Al-Nasr” sariq, “Bunyodkor” oq libosda o‘ynaydi

“Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan jamoalar menejerlari va uchrashuvlar rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda jamoalarning ertangi uchrashuvda qanday liboslarda maydonga tushishi aniqlab olindi. Unga ko‘ra, mezbonlar sariq rangli kiyimda harakat qilishsa, “qaldirg‘ochlar” oq libosda maydonga tushishadi. Hakamlar guruhi esa qizil kiyimlarda bo‘ladi.

Ushbu yig‘ilishda mezbon jamoa vakillarining aytishicha, “Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvini tomosha qilish uchun tahminan 30 mingdan ziyod muxlis tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasidagi “Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvi 24 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:25da boshlanadi. Uchrashuv “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Manba: www.fcbunyodkor.com

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Al-Nasr” sariq, “Bunyodkor” oq libosda o‘ynaydi