“Lokomotiv” hujumchisi Aleksandr Geynrix yanvar oyi boshida klub bilan shartnomasini uzaytirgandi. Ammo ma’lum muddat o‘tganidan so‘ng u jamoa bilan xayrlashdi.
“Lokomotiv”ning yangi futbolchilarini tanishtirish marosimida bosh murabbiy Vadim Abramov Geynrixning saviyasi jamoaga mos kelmay qolganini aytgandi. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida o‘tkazilgan Osiyo Kubogiga yo‘l olgan terma jamoamizga ham Sasha taklif qilinmagandi.
Futbolchi Qozog‘istonning “Irtish” jamoasi bilan shartnoma tuzgani haqida ham xabarlar chiqdi. Ammo bu xabar rasman tasdiqlanganicha yo‘q.
Bugundan boshlab Geynrix “Oq-tepa” klubi mashg‘ulotlariga qatnay boshladi. Hujumchi yangi jamoasi masalasi hal bo‘lmaguncha Birinchi liga klubi mashg‘ulotlarida o‘z formasini ushlab turmoqchi. Geynrix mavsumning birinchi qismini aynan “Oq-tepa”da o‘tkazishi ehtimoldan holi emas.
Manba: www.std.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi