23:27 / 23.02.2015
5 676

Leonardu Jardim: Falkao «MYu»ga kerak emas

Leonardu Jardim: Falkao «MYu»ga kerak emas

"Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkao "MYu"ga ijara asosida ketib xatoga yo‘l qo‘yganini ta’kidlab o‘tdi. Falkao mavsum davomida "MYu" tarkibida 19 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

"Balki u "Manchester Yunayted"ga o‘tib xatoga yo‘l qo‘ygandir. Avgust oyi oxirlarida Falkaoning ketishini kutgan edim, ammo boshqa jamoaga. Angliyadagi boshqa klublar ham uni sotib olishn istagan edilar. Runi va van Persiga ega "MYu" Falkaoni ham o‘z safiga qo‘shib olishini esa kutmagandim.

Menimcha u "MYu"ga kerak bo‘lmagan. Bu qarorni men qabul qilmaganman, bu shunchaki mening fikrim. Menimcha "Liverpul", "Chelsi", "Manchester Siti" yoki hatto "Real"ga ham Falkao ko‘proq asqotgan bo‘lardi", - deydi Jardim.

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Leonardu Jardim: Falkao «MYu»ga kerak emas