12:59 / 25.02.2015
6 402

Islom To‘xtaxo‘jaev: Biz g‘alaba qozonish uchun keldik

Islom To‘xtaxo‘jaev: Biz g‘alaba qozonish uchun keldik

Toshkentning "Lokomotiv" klubi sardori Islom To‘xtaxo‘jaev "Pl Hilol"ga qarshi o‘tadigan OChL guruh bosqichining ilk o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘yin qiziqarli bo‘ladi. Raqibni yaxshilab o‘rganib chiqdik. Ular ham huddi bizning jamoaga o‘xshab to‘pni o‘zida saqlab turish va u bilan ko‘proq muomala qilishni yoqtirishdi. Umid qilamanki, biz ertaga g‘alaba qozonamiz

- Statistikani olib qarasak “Al-Hilol”ning bu musobaqadagi ko‘rsatikchaliri “Lokomotiv”nikidan ancha yuqori, reyting bo‘yicha ham ancha ustun turadi. Bu fakt futbolchilar uchun qandaydir ahamiyatga egami?

- Bu narsaning ertangi o‘yinga mutlaqo aloqasi ham, tahsiri ham yo‘q. “Lokomotiv” turnirda yangi bo‘lishiga qaramay, jamoaning asosiy qismi terma jamoa vakillari hisoblanadi va ular bunday katta o‘yinlarda anchagina tajriba to‘plagan. Shundoq ekan, siz aytgan faktga biz ahamiyat bermaymiz", - dedi Islom To‘xtaxo‘jaev.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Islom To‘xtaxo‘jaev: Biz g‘alaba qozonish uchun keldik