12:43 / 28.02.2015
5 937

Joze Mourino: “Messi butun umr faqat “Barselona”da o‘ynasa kerak”

Joze Mourino: “Messi butun umr faqat “Barselona”da o‘ynasa kerak”

“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino “Barselona” hujumchisi Lionel Messini boshqa klub futbolkasida tasavvur qiolomasligini ma’lum qildi. Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Messining “ko‘klar” tarkibiga ko‘chib o‘tishi haqidagi mish-mishlarni rad etgandi.

“Nazarimda, Messi butun umr faqat “Barselona”da o‘ynaydigandek. Balki men yanglishayotgandirman. Axir hech kim voqealarning kelajakda qanday rivojlanishi aniq bilmaydi.

Ammo o‘ylashimcha, “Barselona” klub uchun juda katta ahamiyat kasb etuvchi futbolchini boshqa jamoaga qo‘yib yubormasa kerak. Shuning uchun ham Messini boshqa libosda tasavvur qilolmayman”, - deya La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib Mourino fikrlarini keltiradi championat.com.

Manba: www.std.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: “Messi butun umr faqat “Barselona”da o‘ynasa kerak”