17:15 / 01.03.2015
6 761

Aleksandr Geynrix "Ordabasi"da birinchi golini urdi

Aleksandr Geynrix "Ordabasi"da birinchi golini urdi

Yaqinda Chimkentning "Ordabasi" klubiga o‘tgan o‘zbek hujumchisi Aleksandr Geynrix yangi jamoasi safida birinchi golini urdi, deya xabar beradi vesti.kz.

Geynrix "Maxtaaral" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida debyut qildi va gol urdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi "Aktobe" klubidagi o‘yinlari bilan yaxshi tanish. Geynrix "Aktobe"da 52 uchrao‘uv o‘tkazib 15 gol urgan. Qozog‘iston chempionatining bronza medallariga ega bo‘lgan, keyingi yil oltin medallarga ham erishgan. Shuningdek, Qozog‘iston superkubogi sohibi. 2014 yilda klub u bilan shartnomasini tugatgan.

Shundan so‘ng u Toshkentning "Lokomotiv" klubiga o‘tgan, ammo 2015 yil fevralida ikki yilga tuzilgan shartnomasini bekor qildi.

Manba: Stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Geynrix "Ordabasi"da birinchi golini urdi