Bugun bo‘lib o‘tgan O‘FF yillik yig‘ilishida Markaziy Osiyo kubogi tashkil etish masalasi ham ko‘tarildi. “Sport” telekanali vakili Zafar Imomxo‘jaev tomonidan berilgan savolga Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi rahbari etib tayinlangan Mirabror Usmonov javob qaytardi.
“Markaziy Osiyo Kubogi musobaqasi tashkil etish borasida ish olib borilmoqda. Shunday reja bor. Aprel oyida assosiasiya yig‘ilishi bo‘ladi. Yig‘ilishda musobaqa borasida ham gaplashib olmoqchimiz.
Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozim, bunday musobaqa o‘z o‘zidan tashkil etilmaydi. Eng avvalo moliyaviy ta’minotni shakllantirib olishimiz lozim. Bu borada hamma sharoit yaratiladi va kelgusi yillarda O‘zbekiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Qirg‘iziston terma jamoalari ishtirokida musobaqa tashkil etiladi”, - deydi Mirabror Usmonov.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi