11:18 / 06.09.2016
6 501

JCh-2018 saralashi, Osiyo qit’asi. Bugun Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘ladi

JCh-2018 saralashi, Osiyo qit’asi. Bugun Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘ladi

Bugun Doha shahrida Qatar hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 musobaqasining Osiyo saralashidagi 3-bosqich uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

"Jassim Bin Hamad" stadionida haqiqiy kurashlarga boy bellashuvga guvoh bo‘lamiz.

Yaxshi bilasiz, bu raqibimiz ilk o‘yinda Eronga yutqazib qo‘ygandi. Bugun ular nima qilib bo‘lsa ham uch ochko olish uchun maydonga chiqishadi. Chunki, ularda boshqa yo‘lning o‘zi ham yo‘q.

O‘z navbatida O‘zbekiston termasi ham ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q. Aks holda, yana matematik hisob-kitoblarga tushib qolamiz. Nihoyat, hammasini guruh bosqichidayoq hal qilish vaqti keldi. Bunga termamizning saviyasi etarli.

Aslida, Qatar termasining uslubi va darajasi bizga juda yaqin va ma’lumdir. Shunday bo‘lsada ushbu mamlakatda futbol rivojlanmoqda. Buni ko‘ryapmiz, o‘qiyapmiz.

Toshkent vaqti bilan soat 21.00da boshlanadigan o‘yin biz uchun ko‘p narsani ko‘rsatib beradi. Nima qilib bo‘lsa ham bu o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz lozim. Qolgan bahslar haqida keyin ham fikr yuritsa bo‘ladi.

Ishonamiz, Samvel Babayan shogirdlari Mustaqilligimizning 25 yilligiga ajoyib sovg‘a hozirlashadi.

Bugungi o‘yinlar anonsi bilan tanishing:


Manba: www.fut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018 saralashi, Osiyo qit’asi. Bugun Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘ladi