16:07 / 06.09.2016
5 838

Bektemir Meliqo‘ziyev: “Prezidentmizning otalarcha mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz”

Bektemir Meliqo‘ziev: “Prezidentmizning otalarcha mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz”

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti butun xalqimizni chuqur qayg‘uga soldi. Kuni kecha o‘zbekistonlik sportchilar Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza medallarini qo‘lga kiritib qaytganida xalqimiz juda quvongan edi. Olimpiada sovrindorlariga Prezident Farmoni bilan pul mukofotlari hamda Malibu avtomobili taqdim etildi. Biroq shunday quvonchli kunlarda sportchilarning qo‘lini siqib, farzandlarini g‘alaba bilan qutlash Prezident Islom Karimovga nasib etmadi. Aslida o‘zing ekkan niholning mevasini eyishdanda totli on yo‘q. Islom Karimov farzandlarining zafar quchganini ko‘rdi, to‘yni to‘yonasiz qo‘ymadi, biroq quvonch to‘la ko‘zlarni yoshlatib ketdi.

Xalqimiz boshiga tushgan og‘ir musibat Olimpiada sovrindorlarining kayfiyatiga ham ta’sir o‘tkazdi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.

Bektemir Meliqo‘ziev, boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempioni, II o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni, jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlari sovrindori:

— Prezidentimizning biz, yoshlarga ko‘rsatgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rligi, bildirgan yuksak ishonchini hech qachon unutmaymiz. Biz bu ishonchni doim oqlashga, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda o‘z salohiyatimizni namoyon etib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga intilaveramiz.

Meni va tengqurlarimni Prezidentimiz asos solgan uch bosqichli uzluksiz sport musobaqalari tarbiyaladi, iste’dodimizni yuzaga chiqardi. Sportdagi faoliyatimizda yuksak natijalarga erishishimizda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida Prezidentimiz farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim. 2015 yili Konstitusiya bayrami arafasida bo‘lib o‘tgan bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz meni bag‘riga bosib, “Sen Braziliyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lishing kerak!” deya yuksak ishonch bildirgan edi.

Braziliyada o‘tgan Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsam-da, Prezidentimiz bu yutug‘imni yuksak baholadi. Men Prezidentimizning 2016 yil 24 avgustdagi farmoniga binoan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandim.

Prezidentimiz Islom Karimovning otalarcha mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev: “Prezidentmizning otalarcha mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz”