11:35 / 07.09.2016
6 658

7 yil ichida ilk marta FIFA simulyatori Messini eng yaxshi futbolchi deb topmadi

7 yil ichida ilk marta FIFA simulyatori Messini eng yaxshi futbolchi deb topmadi

Keyingi 7 yil ichida ilk marta FIFA futbol simulyatori «Barselona» hujumchisi Lionel Messini emas, «Real» futbolchisi Krishtianu Ronalduni eng yaxshi futbolchi sifatida qayd etdi.

EA Sports saytida FIFA 17 o‘yinidagi eng yaxshi 50 futbolchi ro‘yxati e’lon qi qilindi, unda Evro-2016 chempionatida g‘alaba qozongan portugaliyalik Ronaldu birinchi o‘rinda, undan keyin esa Messi joylashgan.

Messining reytingi - 93, Ronalduniki - 94. Shu bilan qayd etish kerakki, Messining driblingi juda yaxshi baholangan - 96.

Ro‘yxatdagi kuchli beshlikka Messining jamoadoshlari Neymar va Luis Suares, shuningdek Myunxenning «Bavariya» jamoasi darvozaboni Manuel Noyer kirgan.

O‘nlikda Ronalduning jamoadoshi Garet Beyl, «Manchester Yunayted» a’zosi Zlatan Ibrahimovich, shuningdek Jerom Boateng, Robert Levandovski va darvozabon David de Xea ham bor.

Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Marko Roys FIFA 17 yuzi bo‘lgan. U Messining o‘rnini egallagan.

FIFA 17 futbol simulyatori 27 sentyabr kuni PlayStation 4, Xbox One, PlayStation 3 va Xbox 360 uchun chiqariladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 7 yil ichida ilk marta FIFA simulyatori Messini eng yaxshi futbolchi deb topmadi