09:58 / 09.09.2016
7 089

Paralimpiya o‘yinlari. Disk uloqtirish. Husniddin Norbekov jahon rekordini qayd etib, chempion bo‘ldi

Paralimpiya o‘yinlari. Disk uloqtirish. Husniddin Norbekov jahon rekordini qayd etib, chempion bo‘ldi

Rio-de-Janeyro shahrida boshlangan Paralimpiadaning ilk kunida O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi oltin medallar soni 3taga etdi.

Engil atletikaning disk uloqtirish bahslarida (F37) ishtirok etgan Husniddin Norbekov ilk urinishda diskni 54,46 metrga uloqtirib, o‘zining shaxsiy rekordini yangilagan bo‘lsa, ikkinchi urinishda 59,75 metr masofani qayd etib, jahon rekordini yangiladi.

Shu tariqa, u nafaqat paralimpiya o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritdi, balki ushbu yo‘nalishda jahon va olimpiya rekordlarini yangiladi. Musobaqada 12 nafar sportchi ishtirok etdi.

Dastlabki 3ta urinishdan keyin 4 nafar ishtirokini to‘xtatdi va 8 nafar sportchi 3 martadan urinishni amalga oshirishdi.

Kumush medal sohibiga aylangan litvalik Mindaugas Bilius 53,40 metr natijani qayd etdi. Bronza medal olgan xitoylik Xia Dong esa diskni 52,15 metr masofaga uloqtirgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Paralimpiya o‘yinlari. Disk uloqtirish. Husniddin Norbekov jahon rekordini qayd etib, chempion bo‘ldi