10:30 / 09.09.2016
6 215

Paralimpiya o‘yinlari. Suzuvchilar O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga 4ta medal keltirdi

Paralimpiya o‘yinlari. Suzuvchilar O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga 4ta medal keltirdi

Rio-de-Janeyro paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari birinchi kungi bahslarni o‘ta muvaffaqiyatli boshlashdi. Dyuzdochilardan keyin bahslarda ishtirok etgan suzuvchilar ham delegasiya hisobini medallar bilan boyitishdi.

Batterflyay uslubidagi (S13) 100 metrga suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqada 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi shohsupaga ko‘tariladigan bo‘ldi. Kirill Pankov va Muzaffar Tursunxo‘jaev saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi. Finalda Pankov marraga ikkinchi bo‘lib etib keldi, Tursunxo‘jaev uchinchi o‘rinni egallab bronza medali bilan kifoyalandi.

Ayollar o‘rtasidagi batterflyay uslubida (S13) 100 metrga suzish musobaqasi ham O‘zbekiston vakillari uchun omadli kechdi. O‘zbekistonlik 3 nafar sportchi saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, finalda ishtirok etish uchun yo‘llanma olgandi. Dastlabki 50 metr masofada Muslima Odilova 1-o‘rinda borayotgandi, biroq marraga amerikalik suzuvchi birinchi bo‘lib etib keldi. Odilova kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Fotimaxon Omilova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shohsanamxon Toshpo‘latova 4-o‘rinni egalladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Paralimpiya o‘yinlari. Suzuvchilar O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga 4ta medal keltirdi