6 207
Paralimpiya o‘yinlari. O‘zbekiston delegasiyasi birinchi kun bahslaridan keyin 8ta medal bilan umumiy reytingda 3-o‘rinda
Rio-de-Janeyroda boshlangan 15-Yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi kunni o‘ta muvaffaqiyatli o‘tkazdi, deb yozmoqda "Kun" nashri.
O‘zbekistonlik sportchilar paralimpiya o‘yinlarining ilk kunida 8ta medalni qo‘lga kiritishdi. Ulardan 3tasi oltin, 2tasi kumush va yana 3tasi bronza. Bu natijadan keyin O‘zbekiston vakillari AQSh va mezbon Braziliyani ortda qoldirgan holda faqat Xitoy va Buyuk Britaniyadan ortda qolib, umumiy reytingda uchinchi o‘rinni band etgan.
Dastlab dzyudochilar Sherzod Namozov, O‘tkir Nig‘matov va Sevinch Salaeva delegasiya hisobiga 2ta oltin va 1ta bronza medal olib keldi.
Keyinroq disk uloqtirish bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan yengil atletikachi Husniddin Norbekov 59,75 m masofani qayd etib, jahon rekordini o‘rnatgan holda oltin medalga ega bo‘ldi.
Suzuvchilar jamoasi esa 2ta kumush va 2ta bronzaga ega chiqdi. Kirill Pankov va Muslima Odilova kumush, Muzaffar Tursunxo‘jaev va Fotimaxon Omilova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
To‘rt yillikning nufuzli musobaqasida O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasining 32 nafar sportchisi 5ta sport turida vatan sharafini himoya qilmoqda.
Reytingni boshqarayotgan Xitoy terma jamoasi hisobida 7ta oltin, 9ta kumush va 4ta bronza medal jamg‘arildi. Ikkinchi o‘rindagi Buyuk Britaniya vakillari esa birinchi kunda 5ta oltin, 3ta kumush va 3ta bronza medalga ega bo‘lishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi