12:53 / 10.09.2016
5 469

Messi ko‘zi bog‘langan holda gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi (Video)

Messi ko‘zi bog‘langan holda gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi (Video)

“Barselona” jamoasi a’zolari Lionel Messi, Serxio Buskets, Ivan Rakitich, Serxi Roberto va Mark-Andre ter Shtegen futbol bo‘yicha Ispaniya paralimpiya terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi. Bu haqda "Darakchi" nashri xabar bermoqda.
Futbol bo‘yicha Ispaniya paralimpiya terma jamoasi futbolchilarining ko‘zi ojiz va ular ovoz chiqaradigan maxsus to‘pda futbol o‘ynaydi. “Barselona” futbolchilari ham buni o‘zida sinab ko‘rishdi.

Kichik mashg‘ulotlardan so‘ng tomonlar penalti zarbalarini tepdi. “Barselona” futbolchilaridan ko‘zi yopiq holda faqatgina Messi gol kirita oldi.
[media=https://youtu.be/jTNHZAd_tcQ]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi ko‘zi bog‘langan holda gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi (Video)