13:12 / 10.09.2016
5 867

Angliya chempionati, 4-tur oldidan. Kutib oling, supero‘yin — «Manchester Yunayted» - «Manchester Siti»!

Angliya chempionati, 4-tur oldidan. Kutib oling, supero‘yin — «Manchester Yunayted» - «Manchester Siti»!

Bugun Angliya Premer-ligasining 4-tur uchrashuvlariga start beriladi. Har doimgidek, futbol muxlislarini bir qator qiziqarli bo‘lgan o‘yinlari kutmoqda.

Jumladan, turni "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" uchrashuvi ochib beradi. Jahon futbolida Ispaniya klasikosidan keyingi o‘rinda turadigan ushbu belashuvni butun dunyoda tomosha qilishadi. Boz ustiga, hamma yana bir marta Mourinyu - Gvardiola qarama-qarshiligiga guvoh bo‘ladi. Bu safargisi do‘stona kayfiyatda o‘tsa ajab emas. Aynan mana shu o‘yin turning markaziy uchrashuvi hisoblanadi.

Demak, dam olish kunlarida "Arsenal" o‘z maydonida "Sautgempton"ni qabul qiladi. "Tottenxem" bo‘lsa safarda "Stok Siti" bilan o‘ynaydi. London jamoalari g‘alaba uchun maydonga chiqishadi.

Ishqibozlar "Liverpul" - "Lester" ishtirokidagi yana bir kichik markaziy o‘yinga guvoh bo‘lishadi. Bundan tashqari, "Suonsi" - "Chelsi" bahsi ham ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ladi.

Xullas, ko‘p narsalarga oydinlik kiritiladigan hafta oldida turibmiz.

Ushbu tur anonsi bilan tanishing:


Manba: www.fut.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya chempionati, 4-tur oldidan. Kutib oling, supero‘yin — «Manchester Yunayted» - «Manchester Siti»!