13:24 / 13.09.2016
6 546

Assalom, Evropa Chempionlar ligasi! Bugun 1-tur o‘yinlari boshlanadi

Assalom, Evropa Chempionlar ligasi! Bugun 1-tur o‘yinlari boshlanadi

Bugun Evropa qit’asida Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 1-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Ikki kun davomida futbol ishqibozlari hukmiga bir qator qiziqarli bo‘lgan o‘yinlar havola etiladi.

Jumladan, Kiev shahrida mahalliy "Dinamo" jamoasi Italiyaning "Napoli" klubini qabul qiladi. Rossiyaning "Rostov" jamoasi bo‘lsa Myunxenda "Bavariya" mehmoni bo‘ladi.

Kataloniyada muxlislar "Barselona" - "Seltik" uchrashuviga guvoh bo‘lishadi. Ko‘pchilik Luis Enrike shogirdlaridan chiroyli o‘yin va g‘alaba kutmoqda.

Bugungi o‘yinlarning shubhasiz eng qizig‘i Parij shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda PSJ jamoasi Londonning "Arsenal" klubini kutib oladi. O‘yinga bo‘lgan qiziqish anchagina. Sababi o‘zingizga ayon. Ikki nomdor jamoa o‘zaro orani ochiq qiladi.

Bundan tashqari, "PSV" Eyndxoven - "Atletiko" Madrid bahsi ham diqqat markazimizda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.

Ushbu tur anonsi bilan tanishing:


Manba: www.fut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Assalom, Evropa Chempionlar ligasi! Bugun 1-tur o‘yinlari boshlanadi